Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8
URUG‘ EKISH MUDDATLARI VA ME’YORLARINING KUZGI TRITIKALE “TIT” NAVIDA BARG SATHINING SHAKLLANISHIGA TA’SIRI
O‘simliklar karantini va ximoyasi ilmiy tadqiqot instituti Andijon mintaqaviy filiali “Entomologiya va biousul” laboratoriyasi
Аннотация · Abstract
Maqolada Andijon viloyatining adir mintaqasida joylashgan, mexanik tarkibi engil och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi tritikalening “Tit” navida barg sathining shakllanishi besh xil urug‘ ekish muddati (20–25 sentyabr, 1–5 oktyabr, 10–15 oktyabr, 20–25 oktyabr, 1–5 noyabr) va to‘rt xil ekish me’yori (3,0; 4,0; 5,0; 6,0 mln dona/ga) sharoitida o‘rganilgan. Natijalar korrelyasion va regression tahlil usullari bilan baholangan. Ekish me’yorini oshirish bir tup o‘simlikdagi barg sathini kamaytirgani holda (r = –0,698), maydon birligidagi barg sathini oshirgani (r = +0,903) aniqlangan. Gullash davridagi barg sathi indeksi 3,19 dan 6,58 gacha o‘zgargan. Zich ekilgan variantlarda barglarning qurishi ham tezroq kechgan (r = +0,945).
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-3199
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0