Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8
TOMCHILATIB SUG‘ORILADIGAN G‘O‘ZA MAYDONLARIDA YANGI STOBEN GERBITSIDINING BEGONA O‘TLARGA QARSHI SAMARADORLIGI
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
Аннотация · Abstract
Maqolada Sirdaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida tomchilatib sug‘oriladigan Jinken-1402 g‘o‘za navi ekilgan maydonlarda pendimetalin asosli Stomp 33% va Stoben gerbitsidlarining begona o‘tlarga qarshi biologik samaradorligi baholandi. Begona o‘tlar soni ishlovdan 15 va 30 kun o‘tgach hisoblandi. Mutlaq nazoratda ularning umumiy soni mos ravishda 40 va 61 dona/m² bo‘ldi. Eng yuqori biologik samaradorlik Stomp 33% 8,0 l/ga variantida kuzatilib, 15-kunda 86,1%, 30-kunda 82,6% ni tashkil etdi. Stobenni tomchilatib sug‘orish orqali 2,5 l/ga me’yorda berish 76,3 va 72,6% samaradorlikni ta’minladi. Dastlabki fenologik kuzatuvlarda sinov me’yorlarida g‘o‘zaga kuchli salbiy ta’sir aniqlanmadi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-3189
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0