Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8

5-XLORBENZIMIDAZOL HOSILASI ASOSIDAGI YANGI GERBITSIDNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI VA QO‘LLASH ME’YORLARI

Elyor Omankulovich Raxmatov, Sarvar Sadriddinovich Saidov, Asqar sheraliyevich Abdurazakov, Baxromjon Burxon oʻgʻli Jurayev, Shokir Urinovich Yuldoshev, Gavhar Erkinovna Saidova

Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti
“EMU-UNIVERSITY” MChJ. EVROPA TIBBIYOT UNIVERSITETI

Аннотация · Abstract

Mazkur tadqiqotda yuqori sarf me’yorlar da qo‘llaniladigan, suvda kam eruvchan 2-metil-5-xlorbenzimidazol va N-(fosfonometil)glitsin kislotasi asosida suvda yuqori eruvchanlikka hamda biologik faollikka ega yangi turdagi gerbitsid olish masalasi tadqiq etilgan. Boshlang‘ich moddalarning xususiyatlarini yaxshilash maqsadida ularni modifikatsiyalash orqali yangi kompleks birikma asosida “Buran DOS-I” 50 % em.k. preparati olingan. Preparatning begona o‘tlarga qarshi biologik samaradorligi dala sharoitida 0,75–1,25 l/ga sarf me’yorlarida o‘rganilgan. Dala sinovlari natijasida preparatning begona o‘tlarga qarshi 89–92 % gacha biologik samaradorlik namoyon etishi aniqlandi. Olingan natijalar “Buran DOS-I” 50 % em.k. preparatini nisbatan past sarf me’yorlarida qo‘llash va uning qishloq xo‘jaligida istiqbolli gerbitsid sifatidagi samaradorligini baholash imkonini beradi.

Сведения · Details