Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8

ANJIR (FICUS CARICA L.) NAVLARI QALAMCHALARINING APREL OYIDA EKILISHINING TUTUVCHANLIGIGA TA’SIRI

Pulatjon Ergashovich Egamberdiyev, Sadinaxon G‘ulom qizi Anarkulova

Guliston davlat universiteti

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada anjir (Ficus carica L.) navlari qalamchalarining aprel oyida ekilgandagi tutuvchanlik darajasini aniqlash va navlar o‘rtasidagi farqlarni baholash natijalari keltirilgan. Tadqiqotda Kadota, Kr’mskiy 29 va Uzbekskiy jelt’y navlarining qalamchalari o‘rganildi. Tajribada har bir navdan 200 donadan qalamcha 1-aprel kuni ekilib, ularning tutuvchanlik ko‘rsatkichlari kuzatildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qalamchalarning tutuvchanlik darajasi navlar bo‘yicha 57,5–68,5 % oralig‘ida o‘zgardi. Kadota navida 127 dona qalamcha tutib, tutuvchanlik darajasi 63,5 % ni tashkil etdi. Tadqiqot natijalari anjir ko‘chatlarini vegetativ usulda ko‘paytirish texnologiyasini takomillashtirish hamda yuqori tutuvchanlikka ega navlardan samarali foydalanish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Сведения · Details