Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8
ANOR (ACHIQ-DONA navi) NING HOSILDORLIGIGA ORGANIK O‘G‘ITLARNING TA’SIRI
Guliston davlat universiteti
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada anor o‘simligining hosildorligi va meva sifat ko‘rsatkichlariga turli me’yorlarda qo‘llanilgan organik o‘g‘itlarning ta’siri o‘rganilgan. Tajribada nazorat varianti bilan bir qatorda organik o‘g‘itning 20, 30, 40 va 50 t/ga me’yorlari qo‘llanilib, ularning anor o‘simligining o‘sishi, hosil shakllanishiga ta’siri baholangan. Tadqiqot natijalari organik o‘g‘itlardan foydalanish anor hosildorligi, meva massasi, meva diametric oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Organik o‘g‘it me’yorining oshirilishi bilan hosildorlik va asosiy sifat ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Tadqiqot natijalari anorchilikda tuproq unumdorligini saqlash va yuqori sifatli mahsulot yetishtirish uchun organik o‘g‘itlardan samarali foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-3184
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0