Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8
URUG‘ EKISH TIZIMLARI VA MAʼDANLI O‘G‘ITLAR MEʼYORLARINING KUNGABOQAR NAVLARIDA BARG SATHI HAMDA QURUQ MASSANING SHAKLLANISHIGA TAʼSIRI
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Аннотация · Abstract
Maqolada Andijon viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida kungaboqarning mahalliy “Dilbar”, “Yangi zamon” hamda xorijiy “Berezanskiy”, “Rodnik (R-453)” navlarida barg sathi va quruq massa to‘planishi dinamikasi o‘rganilgan. Tajribada ikki xil urug‘ ekish tizimi (60x25-1 va 60x30-1) hamda maʼdanli o‘g‘itlarning ikki xil meʼyori (N150P75K100 va N180P90K120 kg/ga) sinaldi. Ko‘rsatkichlar o‘suv davrining olti fazasida qayd etildi. Bir tup o‘simlikdagi eng katta barg sathi va quruq massa 60x30-1 tizimda, maydon birligidagi eng ko‘p quruq massa esa 60x25-1 tizimda shakllanishi aniqlangan.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-3182
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0