Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8

SHO‘RLANGAN TUPROQLAR SHAROITIDA KUZGI ARPANING MAQBUL SUG‘ORISH TARTIBLARINING DON HOSILDORLIGIGA TA’SIRI.

Maruf Rustamovich Kudratov, Umid Anvarovich Jo‘raev

Buxoro davlat texnika universiteti
Buxoro davlat universiteti

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada Buxoro viloyatining o‘rtacha darajada sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kuzgi arpaning “Novosadski 565” navini yetishtirishda maqbul sug‘orish tartiblarining kuzgi arpani don hosildorligiga taʼsiri bo‘yicha 2023-2024 yillarda olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra kuzgi arpaning “Novosadski 565” navini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-80-65 % da sug‘orish ishlari amalga oshirilganda, sug‘orish ishlari 1-3-1 tizimda jami 5 marta sug‘orilib, bir martalik sug‘orish meʼyorlari 485-921 m3/ga ni, mavsumiy sug‘orish meʼyori 3051 m3/ga tashkil qilib, nazorat variantiga nisbatan 778 m3/ga yoki 20,3 % ga daryo suvlari tejalganligi aniqlangan. Shuningdek ushbu variantda don hosildorligi o‘rtacha 64,6 s/ga ni tashkil etib, nazorat variantiga nisbatan qo‘shimcha hosildorlik 20,2 s/ga ga teng bo‘lganligi kuzatilgan.

Сведения · Details