Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8

BAXMAL TUMANI LALMIKOR TUPROQLARIDA MIKROELEMENTLAR MIQDORI

Isomiddin Nuriddinovich Bobobekov, Ulug‘bek Abduazim o‘g‘li Xoshimov

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

Аннотация · Abstract

Mikroelementlar o‘simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega. Ular tuproq va o‘simliklarda kechadigan bir qator jarayonlarda ishtirok etadi. Shuning uchun Baxmal tumani “G‘allakon” massivida tarqalgan lalmikor dehqonchilik qilinadigan tipik bo‘z tuproqlarda mis, rux va kobalt elementlarining yalpi miqdori o‘rganildi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra ushbu hududda tarqalgan lalmikor tipik bo‘z tuproqlarda yalpi misning maksimal miqdori-35,2 mg/kg, ruxniki- 41,3 mg/kg, kobaltniki esa 22,3 mg/kg bo‘lib, tuproqning ustki qatlamida aniqlangan va pastki qatlamlarga tomon kamayib borgan. Tuproq tarkibida mikroelementlar miqdori, uning granulometrik (mexanik) tarkibi va gumus miqdoriga bog‘liqligi ta’kidlangan.

Сведения · Details