Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8
MACROLOPHUS PYGMAEUSNI AGROBIOTSENOZDA OQQANOT ZARARKUNANDALARIGA QARSHI QO‘LLASH VA BIOLOGIK SAMARADORLIGINI BAHOLASH
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti
Аннотация · Abstract
Maqolada ixtiro qilingan qurilmada ommaviy ko‘paytirilgan Macrolophus pygmaeus yirtqich entomofagini g‘o‘za agrobiotsenozida uchraydigan g‘o‘za oqqanoti (Bemisia tabaci Genn.) ga qarshi qo‘llashning biologik samaradorligi baholandi. Tadqiqotlar 2023-2025-yillarda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlarida olib borildi. Tajribalarda entomofag 0,5; 0,8 va 1,0 m² ga 1 imago me'yorlarida qo‘llanilib, natijalar amaliyotda keng foydalanilayotgan Chrysoperla carnea entomofagi bilan taqqoslandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 1,0 m² ga 1 imago me'yorida qo‘llangan Macrolophus pygmaeus eng yuqori biologik samaradorlikni namoyon etib, tajribaning 11-kunida 71,6±1,2 % ni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich Chrysoperla carnea ning eng samarali variantidan 19,3 % yuqori bo‘ldi. Olingan natijalar ixtiro qilingan qurilmada ommaviy ko‘paytirilgan Macrolophus pygmaeus avlodlari g‘o‘za agrobiotsenozida oqqanot zararkunandasiga qarshi samarali biologik himoya vositasi ekanligini tasdiqladi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-3176
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0