Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8

BUG‘DOY UN SHUDRING KASALLIGIGA QARSHI FUNGITSIDLARNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI

Shaxzod Shomurod o‘g‘li Ro‘ziyev

O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada bug‘doy ekinining un shudring kasalligiga qarshi qo‘llanilgan kimyoviy preparatlarning biologik samaradorligi keltirilgan bo‘lib, tadqiqotlar Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan “Temirqadam Ilhomov Sanjarbek” fermer xo‘jaligida 2023-2025 yillarda olib borilgan. Un shudring kasalligiga qarshi qo‘llanilgan preparatlar turli darajada samaradorlikka ega bo‘ldi. Nazorat variantida (ishlov berilmagan holatda) kasallik tarqalishi 57,9% ni tashkil etgan bo‘lsa, kasallik rivojlanish ko‘rsatkichi esa 35,6% ni tashkil etgan. Sinov natijalariga ko‘ra Pilarviva 34 % sus.k. 0,5 l/ga va Unikal Maks 40% em.k. 0,2/ga sarf me’yorlarida qo‘llanilgan variantlarda mos ravishda 86,5% hamda 92,9% biologik samaradorlik ko‘rsatgan.

Сведения · Details