Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8
RAYHONNING YANGI GULCHAMAN NAVI VA UNING XO‘JALIK-BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasi
Termiz davlat pedagogika instituti
Аннотация · Abstract
Maqolada Surxondaryo viloyatining quruq subtropik sharoitida rayhon (Ocimum basilicum L.)ning istiqbolli nav namunalarini o‘rganish, boshlang‘ich seleksiya materiallarini ajratib olish hamda yangi nav yaratish bo‘yicha olib borilgan ko‘p yillik tadqiqot natijalari bayon etilgan. Tadqiqotlar 2015–2025-yillarda olib borilib, turli mintaqalardan keltirilgan rayhonning 31 ta nav namunasi qimmatli xo‘jalik-biologik belgilari bo‘yicha baholangan. Analitik seleksiya usuli, yakka va guruhli tanlash hamda qiyosiy nav sinash ishlari asosida istiqbolli RL-2016 tizmasi ajratib olingan. Keyingi yillarda olib borilgan seleksiya ishlari natijasida binafsha bargli rayhonning Gulchaman yangi navi yaratildi. Navning o‘suv davri 125–135 kun, o‘simlik balandligi 20–25 sm, bitta o‘simlikdagi novdalar soni 50–58 dona, barglar soni 4500–5000 donani tashkil etdi. Urug‘ hosildorligi 39,0 g/m², ko‘k massa hosildorligi 2,0–2,3 kg/m² ni tashkil etdi. Nav qurg‘oqchilikka chidamliligi, xushbo‘yligi, mayda va ko‘rkam barglari hamda xona sharoitida tuvaklarda yetishtirishga moslashganligi bilan ajralib turadi. Gulchaman navining 2022-yil 26-avgustda NAP 00405-sonli patenti olingan.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-3168
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0