Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8
FERMER XO’JALIGIDA SUV TEJAMKOR SUG’ORISH TEXNOLOGIYASINI QO’LLASH SAMARADORLIGI
Guliston davlat universiteti
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Аннотация · Abstract
Bugungi kunda suv taqchilligi va iqlim o’zgarishi qishloq xo’jaligi oldiga jiddiy talablar qo’ymoqda. Ushbu maqolada Xorazm viloyatining Yangibozor tumanidagi “Muhammad Shoxjaxon” fermer xo’jaligi tajribasi misolida g’o’za etishtirishda tomchilatib sug’orish texnologiyasini qo’llash natijalari bayon qilingan. Tadqiqot davomida hududning keskin tabiiy-iqlim sharoiti va sizot suvlarining joylashuvi hisobga olingan bo’lib, g’o’zaning sug’orish me’yorlari va tizimning texnik parametrlari aniqlangan. G’o’zani an’anaviy egatlab sug’orishda suvning ko’p qismi behuda isrof bo’lishi, erlarning qayta sho’rlanishiga olib kelayotgan bayon qilingan. Qo’llanilgan tomchilatib sug’orish tizimi esa o’z navbatida suvni to’g’ridan-to’g’ri g’o’zaning ildiz tizimiga etkazib berishni ta’minlashi keltirib o’tilgan. Natijada suv resurslari va mineral o’g’itlarning 30 foizgacha tejalgan, g’o’za hosildorligi esa gektariga 20 tsentnerdan 28 tsentnergacha ko’tarilgan. Ushbu texnologiya Xorazm viloyatining tabiiy- iqlim sharoitida paxta hosilini qariyb 40 foizga oshirish bilan bir qatorda, tuproqni sho’rlanishini olidini olish va sug’orish suvini tejashning eng samarali echimi hisoblanadi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-2983
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0