Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8
RAYHON (OCIMUM BASILICUM L.) NAV NAMUNALARINING XO‘JALIK-BIOLOGIK BELGILARI VA MAHSULDORLIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti
Surxondaryo viloyat Termiz tumani
Аннотация · Abstract
Maqolada turli ekologik-geografik hududlardan introduksiya qilingan 56 ta rayhon (Ocimum basilicum L.) nav namunalarining O‘zbekiston janubining quruq subtropik sharoitidagi mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar 2024–2026-yillarda olib borilib, 35 ta binafsha bargli va 21 ta yashil bargli rayhon namunasi o‘rganildi. Namunalar barg hosildorligi, poya va novdalar massasi hamda umumiy ko‘k massa hosildorligi bo‘yicha baholandi. Binafsha bargli namunalar orasida Fioletoviy gigant va Pyat aromatov nav namunalari mos ravishda 5,4 va 5,2 kg/m² ko‘k massa hosildorligi bilan ajralib chiqdi. Yashil bargli namunalar orasida eng yuqori ko‘k massa hosildorligi Vostochniy bazar (5,9 kg/m²) va Aromat limona (5,7 kg/m²) namunalarida qayd etildi. Yashil bargli namunalar guruhi bo‘yicha o‘rtacha barg hosildorligi 2,6 kg/m², binafsha bargli namunalar guruhida esa 2,1 kg/m² ni tashkil etdi. Ko‘k massa hosildorligi mos ravishda 4,1 va 3,2 kg/m² bo‘ldi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan 11 ta binafsha bargli va 2 ta yashil bargli nav namunasi seleksiya uchun istiqbolli boshlang‘ich material sifatida ajratildi. Ushbu namunalar quruq subtropik sharoitga mos, yuqori mahsuldor rayhon navlarini yaratishda boshlang‘ich seleksiya materiali sifatida foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-2982
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0