Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8

QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARI ZARARKUNANDA TURLARINING DALALARGA MIGRATSIYA QILISH DINAMIKASINI O‘RGANISH

Islambek Alimbetovich. Aytimov, Salauat Saymatdinovich. Karamadinov

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalarining to‘qay o‘rmonzorlari va agrobiotsenoz biotoplaridan ekin dalalariga migratsiya qilish dinamikasi o‘rganildi. Zararkunandalarning tur tarkibi, ko‘payishi, mavsumiy rivojlanishi, migratsiya muddatlari va ekinlarga yetkazadigan zarari aniqlandi. Italiya chigirtkasi, kemiruvchi tunlamlar, tamaki tripsi, o‘rik-qamish shirasi, dala qandalasi va o‘rgimchakkana kabi turlarning tarqalish xususiyatlari baholandi. Trixogrammani qo‘llash natijasida biologik samaradorlik 72–77 % ni tashkil etishi aniqlandi.

Сведения · Details