Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8
MAHALLIY VA INTENSIV URUG'LI MEVA BOG'LARIDA MONILIOZ KUYISH KASALLIGINING TARQALISHI HAMDA RIVOJLANISHI
Toshkent davlat agrar universiteti
Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Аннотация · Abstract
Maqolada urug'li meva daraxtlarida monilioz kasalligini qo'zg'atuvchi patogen zamburug'larning o'sishi va rivojlanishida ularga ta'sir etuvchi tashqi muhit omillarining ahamiyati juda ham katta. Chunki daraxtlarning kasallangan a'zolarida saqlanib qolgan infektsiyaning manbalari bo'lgan zamburug'larning o'sib rivojlanishida havo nisbiy namligi va harorati eng zaruriy omil hisoblanadi. Daraxtlarning gullari, barglari, novdalari va mevalarining sirtiga tushgan patogenlarning konidiylari suv tomchisida va zaruriy haroratda unadi va o'sadi hamda hech qanday to'siqlarsiz bu a'zolarning po'sti orqali kirib borib ularni kasallantiradi. N.A.Cheremisinov tomonidan ham fitopatogen zamburug'larning o'sishi va rivojlanishida namlik, harorat, yorug'lik va oziqa muhitining reaktsiyasi katta ta'sirini ko'rsatishini ta'kidlaydi. Bu ta'sir etuvchi omillardan barchasi yoki birining patogen uchun maqbul bo'lgan ko'rsatkichidan ortib ketganida yoki nisbatan kamayib qolganida patogen organizm tomonidan qo'zg'atiladigan kasallikning rivojlanishini to'xtatib qo’yishi yoki sekinlashtirish usullarini takomillashtirishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-2978
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0