Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8

KUZGI TRITIKALENING POYA BALANDLIGIGA URUG‘ EKISH ME’YORLARI VA MA’DANLI O‘G‘ITLAR QO‘LLASH MIQDORLARINING TA’SIRI

Umidjon Abdurashid o‘g‘li Abduraximov, Ismoiljon Ibraximjonovich Abdullaev

Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti
SPEKITI Andijon

Аннотация · Abstract

Maqolada Andijon viloyati tuproq-iqlim sharoitida kuzgi tritikalening «Svat» navida urug‘ ekish me’yorlari (3,0; 4,0; 5,0; 6,0 mln dona/ga) va ma’danli o‘g‘itlar me’yorlari (N150P105K75 — N240P165K120 kg/ga) fonida shakllangan ko‘chat qalinligi hamda poya balandligi o‘rtasidagi bog‘liqlik korrelyatsion, regression va kovariatsion tahlil usullari bilan o‘rganilgan. Oddiy korrelyatsiya koeffitsienti r = 0,622 ni tashkil etgan bo‘lsa, o‘g‘it fonining ta’siri nazorat ostiga olinganda xususiy korrelyatsiya r = 0,888 gacha ortgan. Kovariatsion tahlil modeli (Y = ai + 0,0406X) variatsiyaning 96,8 foizini tushuntirgan; regressiya chiziqlari bir jinsliligi tasdiqlangan (F = 0,77 < F0,05 = 4,07). Har 100 dona/m² ko‘chat qalinligining ortishi poya balandligini o‘rtacha 4,1 sm ga uzaytiradi.

Сведения · Details