Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8
OTA-ONALIK KO‘CHATZORIDA (F₀) DURAGAY KOMBINATSIYALARINING CHATISHISH QOBILIYATI
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada o‘rta tolali g‘o‘zaning ota-onalik ko‘chatzorida olingan F₀ duragay kombinatsiyalarining chatishish qobiliyati o‘rganildi. Tadqiqotda Sulton, Buxoro-6 va S-6524 navlari hamda g‘o‘za genofondida saqlanayotgan 010888, 011482 va 011592 namunalari ishtirokida topkross usulida olingan 9 ta duragay kombinatsiyasi baholandi. Chatishish qobiliyati kombinatsiyalar bo‘yicha 66-84 % oralig‘ida o‘zgardi. Eng yuqori ko‘rsatkich S-6524 × 011482 kombinatsiyasida 84 % ni tashkil etdi. S-6524 × 010888 va Buxoro-6 × 011592 kombinatsiyalarida ham 82 % natija qayd etildi. Olingan natijalar ota-ona shakllarining o‘zaro mosligi duragaylash samaradorligida muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-2967
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0