Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8
NOK NAVLARIDA FENOLOGIK FAZALARNING O‘TISH MUDDATLARI
Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada nokning Villiams navi hamda №8-11, №8-18 va №8-23 duragaylarining 2025–2026-yillarda fenologik rivojlanishi va mevalarining pishish muddatlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, nav va duragaylar o‘rtasida fenologik fazalarning boshlanishi hamda mevalarning pishish muddatlari bo‘yicha farqlar aniqlandi. №8-23 duragayida fenologik fazalar eng erta boshlangan bo‘lsa, №8-18 duragayida ham nisbatan erta rivojlanish kuzatildi. Mevalarning pishish muddatlari bo‘yicha Villiams navi ikki yil davomida eng erta pishuvchi genotip sifatida ajralib turdi. №8-18 duragayida mevalarning nisbatan erta, №8-11 va №8-23 duragaylarida esa kechroq pishishi qayd etildi. Olingan natijalar nokning istiqbolli duragaylarini tanlash va ularni mahalliy sharoitida yetishtirish imkoniyatlarini baholash uchun muhim ahamiyatga ega.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-2965
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0