Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8
KARTOSHKA TUGANAKLARINI SAQLASHDA HARORAT-NAMLIK VA SHAMOLLATISH REJIMLARINING SAQLANUVCHANLIK VA SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Аннотация · Abstract
Maqolada kartoshka tuganaklarini uzoq muddat saqlashda harorat, havoning nisbiy namligi va shamollatish rejimlarining mahsulot saqlanuvchanligi hamda sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri tadqiq etilgan. Tadqiqot ob’ekti sifatida kartoshkaning Sante, Arizona va Evolyushn navlari tanlab olinib, ular 6 oy davomida turli harorat-namlik va shamollatish sharoitlarida saqlangan. Saqlash jarayonida tabiiy massa yo‘qotilishi, chirigan va unib chiqqan tuganaklar ulushi, tovarbop mahsulot chiqishi, quruq modda, kraxmal, reduksiyalovchi qandlar hamda askorbin kislota miqdorining o‘zgarishi baholangan. Tadqiqot natijalari harorat-namlik va shamollatish rejimlarini tartibga solish kartoshka tuganaklarining tabiiy massa yo‘qotilishi, unib chiqishi va chirishini sezilarli darajada kamaytirishini ko‘rsatdi. 2–4 °C harorat, 90–95% nisbiy namlik va saqlash muhitining holatiga muvofiq davriy shamollatish qo‘llanilganda tabiiy massa yo‘qotilishi 3,8–4,2% gacha kamayib, tovarbop mahsulot chiqishi 90,5–91,6% ni tashkil etdi. Biroq ushbu haroratda reduksiyalovchi qandlar miqdorining 0,40–0,41% gacha ortishi aniqlandi. Saqlanuvchanlik va biokimyoviy sifat ko‘rsatkichlarini kompleks baholash natijasida 3–5 °C harorat, 90–95% nisbiy namlik va kuniga ikki marta 20 daqiqadan shamollatish kartoshka tuganaklarini uzoq muddat saqlash uchun nisbatan muvozanatli rejim ekanligi asoslandi. O‘rganilgan navlar orasida Sante navi yuqori saqlanuvchanlik xususiyatini namoyon qildi. Olingan natijalar kartoshkani saqlash rejimini nav xususiyatlari va mahsulotdan keyingi foydalanish yo‘nalishini hisobga olgan holda tabaqalashtirib qo‘llash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-2963
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0