Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 122, № 7

SHOʻRLANGAN YERLARDA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TUPROQ SUV OʻTKAZUVCHANLIGIGA TA’SIRI

Kamalatdiyin Mnajatdin uli Zinatdinov, Altinay Jenʻisbay qizi Uzakova

Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

Аннотация · Abstract

Shoʻrlangan tuproqlarda suv oʻtkazuvchanlik jarayoni ekinlarning rivojlanishi va hosildorligiga bevosita ta’sir etuvchi muhim omillardan biridir. Maqolada shoʻrlangan yerlarda turli tarkibdagi organo-mineral kompostlarning tuproq suv rejimiga ta’siri sharhlangan. Kompost tarkibidagi organik moddalar, glaukonit agrorudasi va shirinmiya chiqindilarining uygʻunlashuvi tuproq strukturasini yaxshilab, gʻovaklikni oshirishga xizmat qildi. Natijada suvning infiltratsiya tezligi ortib, shoʻrning yuvilishi hamda tuproqning meliorativ holati yaxshilanganligi aytib oʻtilgan. Bundan tashqari, organo-mineral kompostlar shoʻrlangan yerlarda tuproq suv oʻtkazuvchanligini yaxshilash, suvdan samarali foydalanish hamda ekinlar uchun qulay agroekologik sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Сведения · Details