Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 122, № 7

GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA TUPROQ ORGANIK MODDASINI SAQLASH VA OSHIRISH YO‘LLARI (Termiz tumani taqir-o‘tloqi tuproqlari misolida)

Abdinazarov Jamshid, Abdurahmonova Mamarajabovna Yulduz

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Termiz sh.

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishi sharoitida tuproq organik moddasini saqlash va ko‘paytirishning ilmiy-amaliy asoslari yoritilgan. Termiz tumani sharoitida tarqalgan taqir-o‘tloqi tuproqlarning unumdorligini saqlashda gumus miqdori, o‘simlik qoldiqlari, ildiz massasi va organik o‘g‘itlarning ahamiyati tahlil qilingan. Tuproq organik moddasi tuproqning fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlarini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Tadqiqotlarda organik o‘g‘itlardan foydalanish, g‘o‘za ildiz va ang‘iz qoldiqlarini tuproqqa qaytarish hamda gumus balansini boshqarish tuproq unumdorligini saqlashning samarali usullari ekanligi ko‘rsatilgan.

Сведения · Details