Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 122, № 7

G‘O‘ZANING QURG‘OQCHILIKKA CHIDAMLILIK MEXANIZMLARI VA AGROTEXNIK ISHLOV BERISH CHUQURLIGINING HOSILDORLIKKA TA’SIRI

Elbek Ilhom o‘g‘li Qodirov

Buxoro davlat universiteti

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada Buxoro Davlat Universiteti Agronomiya va biotexnologiya fakulteti o‘quv dala tajriba xo‘jaligi sharoitida g‘o‘zaning Buxoro-8, Buxoro-10 va Porloq navlarining qurg‘oqchilikka adaptatsion xususiyatlari, hosildorlik ko‘rsatkichlari hamda tola sifati o‘rganilgan. Bir xil tuproq-iqlim va agrotexnik sharoitda o‘stirilgan navlar orasida Buxoro-8 navi tolasining pishiqligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi hamda suvsizlik sharoitida yuqori hosil bera olishi (33.6–35.7 s/ga) bilan ajralib turdi. Shuningdek, g‘o‘za qator oralariga ishlov berish chuqurligi, kultivatsiya tartiblari va ularning o‘simlik rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.

Сведения · Details