Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 122, № 7
BODRINGNI SIM BAG‘AZDA YETISHTIRISHDA SHAKL BERISH USULLARINING O‘SIMLIK HOSILDORLIGIGA TA’SIRI
Toshkent davlat agrar universiteti
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada bodring o‘simligining simbag‘az usulida yetishtirishda poyaga shakl berishning o‘simlik hosildorligiga ta’siri tahlil etilgan. Bunda o‘simlikning shakl berilmagan, asosiy poya, bitta yon shox, ikkita yon shox va uchta yon shox qoldirilgan variantlari o‘rganilgan. Bunda o‘simlikning asosiy poyasi qoldirilganda nazoratga nisbatan mevaning o‘rtacha vazni 62,4–70,5 grammni, ya’ni nazoratdan 4,8–6,9 gramm og‘irroq bo‘lganligi, umumiy hosil 115,1–116,7 t/ga ni tashkil etib, nazoratga nisbatan 30,9–32,0 t/ga ko‘proq bo‘lganligi, tovarbop hosil ulushi esa 96,7–97,0 % ni tashkil etib, nazoratga nisbatan 7,9–8,2 % ga yuqori bo‘lganligi keltirib o‘tilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-2948
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0