Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 122, № 7

ZARARKUNANDALARGA QARSHI AGROTEXNIK KURASH TADBIRLARINI QONIQARLI DARAJAGACHA OLIB CHIQISH

Dildor Xolmurodovna Aminova, Rufat Zafar o‘g‘li Ruziyev

Qarshi davlat universiteti
Sharof Rashidov nonidagi Samarqand davlat universiteti

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada 2023–2025-yillarda Qibray, Bo‘stonliq va Angren tumanlaridagi gilos bog‘larida olib borilib, agrotexnik tadbirlarning bajarilish darajasi hamda ularning fitosanitar holatga ta’siri baholangan. Bog‘larni o‘simlik qoldiqlaridan tozalash, daraxtlarni eski po‘stloqlardan tozalash, sanitar kesish, shakl berish, tuproqni 25–30 sm chuqurlikda shudgorlash, yumshatish, o‘g‘itlash va sug‘orish kabi tadbirlarning samaradorligi aniqlangan. Agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilgan gilos bog‘larida bog‘ o‘rgimchakkanasi (Schizotetranychus pruni Oudms.), olcha shilliq arrakashi (Caliroa cerasi L.) va gilos pashshasi (Rhagoletis cerasi L.) kabi zararkunandalar sonining sezilarli darajada kamayishi kuzatilgan.

Сведения · Details