Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 122, № 7

QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA ALMASHLAB EKISH TIZIMLARI VA TURLI OZIQLANTIRISH ME’YORLARINING TUPROQNING SUV O‘TKAZUVCHANLIGIGA TA’SIRI

Dauletbay Uzaqbaevich Ismailov, Baxodir Meylikovich Xalikov

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Paxta selektsiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti

Аннотация · Abstract

Qoraqalpog‘iston Respublikasining sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida g‘o‘za, jo‘xori, kunjut, soya va mosh ishtirokidagi qisqa navbatli almashlab ekish tizimlari hamda mineral o‘g‘itlarning turli me’yorlari tuproqning suv o‘tkazuvchanligiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, nazorat variantida 6 soatda suv o‘tkazuvchanlik 779,9 m³/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, g‘o‘za-jo‘xori-g‘o‘za tizimida bu ko‘rsatkich 804,7 m³/ga, g‘o‘za-kunjut-g‘o‘za tizimida 807,9 m³/ga, g‘o‘za-soya-g‘o‘za tizimida 831,1 m³/ga va g‘o‘za-mosh-g‘o‘za tizimida 838,3 m³/ga gacha oshganligi aniqlandi.

Сведения · Details