Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 122, № 7

TAKRORIY EKIN SIFATIDA YETISHTIRILGAN YERYONG‘OQ NAVLARINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARI

Ravshanbek Inomjonovich Siddiqov, Abduvali Akbaraliyevich Mo‘minov, Umidjon Mashrabjonovich Sarimsaqov

Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti

Аннотация · Abstract

Maqolada takroriy ekin sifatida yetishtirilgan yeryong‘oqning “Lider” va “NS-7” navlarining o‘sishi va rivojlanishi, asosiy fenologik fazalarining boshlanish muddatlari hamda dukkaklash fazasidagi biometrik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Fenologik kuzatuvlar natijasida “Lider” navida urug‘larning unib chiqishi ekishdan keyin 8-kunda, chin barg chiqarishi 12-kunda, shoxlanishi 21-kunda, shonalashi 26-kunda, gullashi 30-kunda va dukkaklash (ginoforlar hosil bo‘lishi) 49-kunda qayd etilgan. “NS-7” navida mazkur fazalar mos ravishda 9, 14, 24, 29, 34 va 56-kunlarda boshlangan. O‘simlikning dukkaklash fazasida “Lider” navida o‘simlik bo‘yi 38,9 sm, shoxlar soni 5,5 dona, dukkaklar soni 2,6 dona va bir tup o‘simlikda shakllangan tuganaklar soni 25,2 donani tashkil etgan. “NS-7” navida ushbu ko‘rsatkichlar 27,6 sm, 4,5; 0,1 va 21,4 donani tashkil qilgan. Olingan natijalar takroriy ekin sharoitida “Lider” navining o‘sish va rivojlanish sur’ati, shoxlanish darajasi hamda generativ organlarni shakllantirish bo‘yicha “NS-7” navidan ustunligini ko‘rsatdi.

Сведения · Details