Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 122, № 7
O‘G‘ITLASH TIZIMINING “ISKANDAR” SHOLI NAVI FENOLOGIK RIVOJLANISH BOSQICHLARIGA TA’SIRI
AndQXAI
Аннотация · Abstract
Maqolada “Iskandar” sholi navining fenologik rivojlanish bosqichlariga mineral o‘g‘it me’yorlari va barg orqali oziqlantirish preparatlarining ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqotda N50, N100 va N150 kg/ga azot fonlarida P120K100 me’yorlari saqlangan holda Fitovak, karbamid, YieldOn hamda ularning kombinatsiyalari qo‘llanildi. Natijalarga ko‘ra, unib chiqish davri barcha variantlarda 7 kunni tashkil etib, o‘g‘itlash tizimi ushbu bosqichga bevosita ta’sir ko‘rsatmadi. Eng uzun fenologik rivojlanish davri N150P120K100 + Fitovak + karbamid + YieldOn variantida kuzatilib, 113 kunni tashkil etdi. N100P120K100 + Fitovak + karbamid + YieldOn varianti esa vegetativ va generativ rivojlanish o‘rtasida nisbatan maqbul muvozanat yaratgan variant sifatida baholandi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-2931
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0