Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 121, № 6

ANDIJON VILOYATI SHAROITIDA SHOLINING "ISKANDAR" NAVIGA MINERAL O'G'ITLAR VA BIOSTIMULYATORLARNING TA'SIRI

Xalima Karimjon qizi Darvisheva, Alijon Abdullajonovich Uljaboyev, Umida Nayimjon qizi Qayumova

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

Аннотация · Abstract

Maqolada Andijon viloyati Izboskan tumanidagi "Nodirbek sholikor" fermer xo'jaligining o'tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida sholining "Iskandar" navida mineral o'g'itlar (N180P120K90) va biostimulyatorlar (Uzgumin, Biostim) qo'llashning ko'chatlar biometriyasi, hosil elementlari, don hosildorligi, donning texnologik sifati va iqtisodiy samaradorligiga ta'siri 2023-2024-yillar dala tajribalari asosida o'rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, urug'ga ishlov berish va vegetatsiya davrida barg orqali kompleks oziqlantirish qo'llanilgan variant eng yuqori hosildorlikni (86,5 s/ga) va rentabellik darajasini (124,3%) ta'minladi. Barcha ko'rsatkichlar bo'yicha farqlarning matematik ishonchliligi NSR05 mezoni asosida tasdiqlangan.

Сведения · Details