Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 121, № 6
DARAXTLARNING STRESS HOLATINI BAHOLASHNING SUN’IY INTELLEKT MODELI
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
Аннотация · Abstract
Respublikamizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish va aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili millionlab daraxt va buta ko‘chatlari ekilmoqda. Biroq ekilgan daraxtlarning ko‘karuvchanlik darajasini ilmiy asosda aniqlash, ularning ekologik holatini baholash hamda monitoring qilishning yagona metodologiyasi va standart mezonlari yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Shu sababli Toshkent shahri misolida manzarali daraxtlarning ko‘karuvchanlik darajasini aniqlash texnologiyalari va baholash mezonlarini ishlab chiqish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib Toshkent shahri ekilgan daraxt va butalarning stress holatini baholashning sun’iy intellekt modelini ishlab chiqish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-1773
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0