Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 121, № 6

KARTOSHKANING FUZARIOZ KASALLIGIGA QARSHI PREPARATLARNING SAMARADORLIGI

Umid Uktam o‘g‘li Raximov, Dilnoza Meyliyevna Begimqulova

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi

Аннотация · Abstract

Mazkur tadqiqotda bahorgi Kartoshka ekinlarida uchraydigan asosiy kasalliklar, ularning tarqalish darajasi hamda hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Dala kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, kartoshka ko‘chatlarining 10–12% qismi tuproq va urug‘ infeksiyasi sababli nobud bo‘lishi aniqlandi. Erta vegetatsiya davrida ildiz chirishi (7–11%), traxeomikoz tipidagi kasalliklar (10–15%) va urug‘ shikastlanishi (5–7%) kuzatildi. Mikologik tahlillar natijasida asosiy patogen sifatida Fusarium jinsiga mansub zamburug‘lar ustunlik qilishi, shuningdek Penicillium va Aspergillus avlodlari ham uchrashi qayd etildi. Tadqiqot natijalari urug‘larni ekishdan oldin fungitsidlar bilan ishlov berish unib chiqish ko‘rsatkichlarini oshirishi va kasallanish darajasini sezilarli kamaytirishini ko‘rsatdi. Eng yuqori biologik samaradorlik Vial TrasT preparatida (72,2%) qayd etildi. Olingan natijalar kartoshka ekinlarida kasalliklarni kamaytirish va hosildorlikni oshirishda urug‘likni himoyalashning muhimligini tasdiqlaydi.

Сведения · Details