Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 121, № 6
G‘o‘zaning navlararo murakkab duragaylaridan olingan oila va tizmalarida qimmatli xo‘jalik belgilari orasidagi korrelyativ bog‘liqliklar.
Toshkent davlat agrar universiteti
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada g‘o‘za genotiplarida tola sifati ko‘rsatkichlari — tola uzunligi (UHML), tola mustahkamligi (Str), tola uzayuvchanligi (Elong) va mikroneyr (Mic) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik Pirson korrelyatsiya tahlili asosida baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tola mustahkamligi bilan tola uzayuvchanligi o‘rtasida kuchli musbat korrelyatsiya (r=0,699), tola uzunligi bilan tola uzayuvchanligi o‘rtasida o‘rtacha musbat korrelyatsiya (r=0,350), tola uzunligi bilan tola mustahkamligi o‘rtasida esa juda kuchsiz musbat bog‘lanish (r=0,073) aniqlandi. Mikroneyr ko‘rsatkichi bilan tola uzunligi (r=-0,475), tola mustahkamligi (r=-0,410) va tola uzayuvchanligi (r=-0,117) o‘rtasida manfiy korrelyatsiyalar kuzatildi. Olingan natijalar tola sifati belgilarining genetik jihatdan o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatib, seleksiya jarayonida tola mustahkamligi va uzayuvchanligini birgalikda yaxshilash, mikroneyr ko‘rsatkichini esa optimal darajada saqlash yuqori sifatli g‘o‘za genotiplarini yaratishda muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqladi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-1759
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0