Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 121, № 6

ZAMBURUG‘LI KASALLIKLAR BILAN ZARARLANGAN NOK BARGLARIDA FOTOSINTETIK PIGMENTLAR TAHLILI

Azizjon Allayor o‘g‘li Pulatov, Shaxboz To‘lqin o‘g‘li Amonov, Gulxayo Qarshiboy qizi Islomova

Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Bo‘stonliq tog‘ ilmiy-tajriba stansiyasi
Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

Аннотация · Abstract

Zamburug‘li kasalliklar nok barglarida fotosintetik apparat faoliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatib, о‘simliklarning fiziologik holati va mahsuldorligini pasaytiradi. Ushbu tadqiqotning maqsadi Venturia pyrina (nok parshasi) va Monilinia fructigena (monilioz) patogenlari bilan zararlangan nok barglarida fotosintetik pigmentlar miqdorining о‘zgarishini baholashdan iborat. Tahlillar natijasida kasallangan barglarda xlorofill-a miqdori 1,51–2,02 mg/g, sog‘lom barglarda esa 3,76–5,04 mg/g ni tashkil etib, uning miqdori 49,8–60,1% ga kamayganligi aniqlandi. Xlorofill-b miqdori mos ravishda 3,64–4,38 mg/g va 6,65–8,0 mg/g bо‘lib, 39,8–45,3% ga pasaygan. Umumiy xlorofill (Chl a+b) miqdori kasallangan barglarda 4,90–6,19 mg/g, sog‘lom barglarda 10,08–13,72 mg/g ni tashkil etib, umumiy fotosintetik pigmentlar 45,5–54,8% ga kamayganligi qayd etildi. Mazkur tadqiqotdan nok navlarining kasalliklarga chidamliligini baholashda muhim fiziologik mezon sifatida qо‘llanilishi mumkin.

Сведения · Details