Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 121, № 6
TUPROQDAN ENTOMOPATOGEN NEMATODALARNI AJRATIB OLISH UCHUN TURLI USULLARNI QIYOSIY TAQQOSLASH
O‘simliklar karantini va himoyasi
Аннотация · Abstract
Maqolada tuproqdan entomopatogen nematodalarni (Steinernema va Heterorhabditis avlodlari) ajratib olish uchun maxsus qurilmaning samaradorligi an’anaviy Berman voronkasi va suvli ekstraksiya usullari bilan qiyosiy jihatdan o‘rganildi. Tajribalar mexanik tarkibi jihatidan uch xil tuproq namunalarida, sun’iy ravishda 1500 ta invazion lichinka bilan zararlangan holda o‘tkazildi. Qurilma 100 g tuproqqa o‘rtacha 1356±42 ta nematodani ajratib oldi, bu Berman voronkasiga (948±55) nisbatan 43,0 % ko‘p va suvli ekstraksiyaga (712±48) nisbatan deyarli 1,9 baravar ko‘pdir. Ajratib olish vaqti 6 baravarga, suv sarfi esa 3,2 baravarga qisqardi; hayotchan nematodalar ulushi 96,8 % ni tashkil etdi. Natijalar qurilmaning yuqori samaradorligi va resurs tejamkorligini miqdoriy jihatdan tasdiqlaydi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-1753
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0