Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 121, № 6

Turli genomga mansub bo’lgan g’o’za namunalarida o’suv va hosil shoxlarining shakllanishi.

Feruza Faxriddinovna Mamedova, Abrorjon Yorqinovich Kurbonov, Sanjar Shukurovich Djumayev, Rayxona Madaminjon qizi Isayeva, Muhammadlatif Ma’ruf o’g’li Nazirov

Paxta seleksiyasi urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti

Аннотация · Abstract

Mazkur tadqiqotda turli genomga mansub g‘o‘za nav va namunalarida monopodial hamda simpodial shoxlarning shakllanishi, irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida 27 ta seleksiya namunasi va C-6524 andoza navida monopodial hamda simpodial shoxlar soni bo‘yicha statistik tahlillar amalga oshirildi. Belgilarning o‘rtacha qiymati (M), standart og‘ish (δ), xatolik miqdori (m) va variatsiya koeffitsiyenti (V%) hisoblandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, monopodial shoxlar soni bo‘yicha CB-8 namunasi (M=1,70) yuqori vegetativ rivojlanish salohiyati bilan ajralib turgan bo‘lsa, CB-1, CB-6, CB-11 va CB-21 namunalari yuqori genetik barqarorlikni namoyon etdi. Simpodial shoxlar soni bo‘yicha esa CB-27 (M=16,70), CB-1 (M=16,30), CB-4 (M=15,70) va CB-8 (M=15,30) namunalari yuqori ko‘rsatkichlarga ega ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar asosida yuqori hosildorlik, genetik barqarorlik va seleksiya uchun istiqbolli namunalar ajratib olindi. Tadqiqot natijalari g‘o‘za seleksiyasida yuqori hosilli, muhit omillariga moslashuvchan va barqaror navlarni yaratishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Сведения · Details