Central Asian Research Index

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF MEDIA AND COMMUNICATIONS IN CENTRAL ASIA, 2026, № 14

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA ONLAYN MEDIA: JAMOATCHILIK FIKRI VA AXLOQIY OMILLAR

Xilola Fayzullaeva

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida onlayn media va ijtimoiy tarmoqlarning jamoatchilik fikrini shakllantirishga ta’siri mediaetika nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ijtimoiy tarmoqlar orqali axborot tarqatish jarayonida yuzaga keladigan axloqiy muammolarni aniqlash, ularga fuqarolar, jurnalistlar va jurnalistika yo‘nalishi talabalarining munosabatini o‘rganish hamda axborotning haqqoniyligi, xolisligi, shaxsiy hayot daxlsizligi, inson qadr-qimmatiga hurmat va kasbiy mustaqillik kabi tamoyillarning jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi o‘rnini baholashdan iborat. Tadqiqotda onlayn so‘rovnoma, qiyosiy tahlil va amaliy media keyslarni o‘rganish usullaridan foydalanildi. So‘rovnomalar 298 nafar fuqaro, 424 nafar jurnalist va 805 nafar jurnalistika yo‘nalishi talabalari ishtirokida o‘tkazildi. Natijalar fuqarolar axborotning xolisligi, bolalar huquqlarini himoya qilish, shaxsiy hayot daxlsizligi va axborot manbalarining ishonchliligiga katta ahamiyat berishini ko‘rsatdi. Jurnalistlar orasida jamoatchilik manfaati va manba ishonchliligi o‘rtasidagi muvozanat, vizual materiallardan foydalanish hamda tahririy bosim bilan bog‘liq axloqiy dilemmalar mavjudligi aniqlandi. Jurnalistika talabalari orasida esa kasbiy mustaqillik, halollik va fikr bildirish erkinligi ustuvor kasbiy qadriyatlar sifatida namoyon bo‘ldi. Tadqiqot natijalari raqamli media muhitida jamoatchilik fikrining shakllanishi nafaqat texnologik imkoniyatlar, balki axloqiy va ijtimoiy omillar bilan ham belgilanishini ko‘rsatadi.

Сведения · Details