INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF MEDIA AND COMMUNICATIONS IN CENTRAL ASIA, 2026, № 14
TELEGRAM-KANALLARDAGI KONTENTNING MILLIY AXBOROT EKOTIZIMIGA TA’SIRI
Аннотация · Abstract
: Ushbu maqolada Telegram-kanallardagi kontentning milliy axborot ekotizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Bugungi raqamli jamiyatda Telegram platformasi axborot tarqatish, jamoatchilik fikrini shakllantirish va ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishning muhim vositalaridan biriga aylangan. Ayniqsa, tezkor xabarlar, tahliliy materiallar, reklama, siyosiy-ijtimoiy munosabatlar hamda ommaviy muhokamalar Telegram-kanallar orqali keng auditoriyaga yetib bormoqda. Shu bois mazkur platformadagi kontent milliy axborot maydonining barqarorligi, axborot xavfsizligi, media savodxonlik darajasi va jamiyatdagi ijtimoiy kayfiyatga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada Telegram-kanallarda tarqatilayotgan kontentning ijobiy va salbiy jihatlari, uning axborot oqimiga, jamoatchilik ongiga hamda milliy axborot muhitining shakllanishiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, ishonchli axborot manbalarining ahamiyati, yolg‘on xabarlar va manipulyativ kontentning xavfi, foydalanuvchilarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurati haqida fikr yuritiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.62499/ijmcc.vi14.218
- Журнал · Journal INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF MEDIA AND COMMUNICATIONS IN CENTRAL ASIA
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0