Central Asian Research Index

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF MEDIA AND COMMUNICATIONS IN CENTRAL ASIA, 2025, № 11

Zamonaviy oʻzbek mediasida koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar axborot isteʼmolida inklyuziv muhit yaratish imkoniyatlari

Ozod Kurbonov

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada oʻzbek mediasida nogironligi boʻlgan shaxslar, xususan, koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat axborot iste’molchilari uchun inklyuziv muhit yaratish imkoniyatlari hamda bu toifa insonlar masalalarining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi muammolari anketa-so‘rov metodi asosida oʻrganiladi. Bunda Oʻzbekistondagi koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarning axborot olish va tarqatish jarayonlaridagi inklyuziv imkoniyatlar, qulay axborot olish usullari, shakllari, vositalari, bu borada uchraydigan toʻsiqlar, oʻzbek OAV hamda mediasining inklyuzivlik darajasi, raqamli axborot resurslarining ayni toifa insonlar uchun moslashganlik darajasi singari muammolar tahliliga diqqat qaratiladi. Qolaversa, koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar muammolarining oʻzbek mediasida yoritilish darajasi, kontentlarda ayni mavzuni taqdim etish usullari va formatlari, mavzularning xilma-xilligi, tahlillar jarayonlariga professionallar, xususan, koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat ekspertlarning jalb qilinishi, bu yoʻnalishdagi kontentlarni tayyorlashda toʻsqinlik qiluvchi stereotiplar tahlillari ham nazarda tutiladi. Shuningdek, empirik tadqiqotlar natijalari asosida sohani takomillashtirishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Сведения · Details