Central Asian Research Index

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF MEDIA AND COMMUNICATIONS IN CENTRAL ASIA, 2026

MEDIA VA SUN’IY INTELLEKT INTEGRATSIYASINING ILMIY ASOSLARI VA ZAMONAVIY MUAMMOLARI

Oisha Zakirova

Аннотация · Abstract

Ushbu tezisda bugungi kunda ommalashgan sun’iy intellekt texnologiyalarini tahririyatlarda turli xil vazifalarni xususan, auditoriya uchun bir nechta media elementlarini o‘zida jamlagan multimediaviy material tayyorlashda qo‘llash uchun joriy etish jarayonlari, samaradorligi va muammolari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston miqyosida xorij tajriblaridan kelib chiqib integratsiya qilish va bunda ularni o‘zbek segmentiga moslashtirishda duch kelinadigan baryerlar ham batafsil muhokama qilinadi. Tadqiqot jarayonida zamonaviy media iste’molchilarining talablaridan kelib chiqqan holda material tayyorlashda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish bilan bir qatorda uning iste’molchilarini o‘rganish masalalariga ham nazar tashlanadi. Ikkinchi tomondan esa SI ning tahririyat faoliyatiga joriy etilishi natijasida rahbariyat tomonidan kadrlar bilan ishlashda amalga oshiriladigan islohotlar, zaruriy bilim va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich shakllantirish, kadrlar siyosatini yangi tendensiyalar asosida yuritish va tahririyatning ichki boshqaruvining o‘ziga xos mexanizmlarini ishlab chiqish jarayonlari o‘rganiladi. Mazkur tadqiqot sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan media matnlarning pragmatik xususiyatlarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida sun’iy intellekt asosida shakllangan yangilik sarlavhalari pragmalingvistik yondashuv asosida o‘rganildi. Tahlil jarayonida nutq aktlari nazariyasi va semantik-pragmatik metodlardan foydalanilib, sun’iy intellekt tilini pragmatik tadqiqotning mustaqil obyekti sifatida qarash zarurligi asoslandi.

Сведения · Details