INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF MEDIA AND COMMUNICATIONS IN CENTRAL ASIA, 2025
FUQAROLIK JURNALISTIKASINING GENDER JIHATLARI: XORIJIY VA MILLIY AMALIYOT TAHLILI
Аннотация · Abstract
Ushbu tezisda XXI asr axborot muhitida fuqarolik jurnalistikasi jamiyat fikrini shakllantiruvchi muhim ijtimoiy institut sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli kommunikatsiyada axborotning markazlashmagan tarqalishi, jamoatchilik ishtirokining kengayishi va media inklyuzivlik tamoyillari yoritiladi. Ayniqsa gender nuqtayi nazardan fuqarolik jurnalistikasining ahamiyati — ayollar ovozini eshittirish, teng huquqlilikni targ‘ib qilish va stereotiplarga qarshi kurashish orqali namoyon bo‘lishi ilmiy dalillar asosida ko‘rsatiladi. Freyzerning ijtimoiy adolat konsepsiyasi va Rozenning fuqarolik jurnalistikasi haqidagi qarashlari nazariy asos sifatida qo‘llanadi. O‘zbekiston sharoitida “inson qadri uchun” tamoyili doirasida gender sezgir jurnalistika dasturlarini joriy etish, media etika, onlayn zo‘ravonlikka qarshi mexanizmlar va milliy media indeksini yaratish kabi takliflar ilgari suriladi. Xulosada, gender muvozanatini ta’minlash fuqarolik jamiyatining barqaror rivojlanishi va demokratik qadriyatlarning mustahkamlanishi uchun zarur omil ekani ta’kidlanadi.
Сведения · Details
- DOI 10.62499/ijmcc.vi.255
- Журнал · Journal INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF MEDIA AND COMMUNICATIONS IN CENTRAL ASIA
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0