Central Asian Research Index

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF MEDIA AND COMMUNICATIONS IN CENTRAL ASIA, 2025

SUN’IY INTELLEKTNING JURNALISTIKAGA TA’SIRI: IMKONIYATLAR, XAVFLAR VA TARTIBGA SOLISH ZARURATI

Munira Nazarova

Аннотация · Abstract

Ushbu tadqiqot sun’iy intellekt (SI)ning jurnalistikaga ta’sirini tahlil qiladi hamda yangiliklarni yaratish va tarqatish jarayonida texnologik imkoniyatlarning o‘rni va ahamiyatini ochib beradi. Ilmiy maqolalar tahlili asosida jurnalistikada SI integratsiyasining afzalliklari va xavf-xatarlarini aniqlashga harakat qilindi. Natijalarga ko‘ra, sun’iy intellekt kontent yaratish tezligini oshirish va ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyatlarini taklif qilsa-da, sifatsiz kontent, lingvistik xatolar, dezinformatsiya va jurnalist kasbining qadrsizlanishi kabi salbiy oqibatlarni yuzaga keltirmoqda. Tadqiqot SI vositalaridan foydalanishda axloqiy me’yorlar, shaffoflik va inson nazorati zarurligini ta’kidlab, jurnalistning faktlarni tekshirish, kontekstni anglash va ishonchlilikni ta’minlashdagi o‘rni hanuz muhimligini ko‘rsatadi. SI jurnalistni almashtiruvchi emas, balki uning faoliyatini kuchaytiruvchi vosita sifatida baholanishi lozim.

Сведения · Details