INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF MEDIA AND COMMUNICATIONS IN CENTRAL ASIA, 2025
PIRIMQUL QODIROVNING “TIL VA EL” RISOLASIDA MILLIY O‘ZLIK VA ESTETIK TAFAKKUR TALQINI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Til va el” risolasi asosida milliy o‘zlik va estetik tafakkur talqini tahlil qilinadi. Tadqiqotda adibning til, millat va tarixiy xotira o‘rtasidagi uzviy aloqani qanday badiiy-estetik va ilmiy-nazariy asosda talqin etgani yoritiladi. Qodirovning adabiy-estetik qarashlari, xususan, Bobur va Navoiy tiliga berilgan baholari, turkiy adabiy til taraqqiyotidagi o‘rni hamda “til yo‘qolsa — el yo‘qoladi” degan g‘oyaviy xulosasining mazmuni ochib beriladi. Risolada til millatning ruhi, ma’naviy immuniteti va tarixiy xotirasi sifatida talqin qilinishi, Shekspir, Gyote, Balzak, Tolstoy kabi ijodkorlar misolida milliy tilning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi strategik ahamiyati asoslanadi. Maqolada “Til va el” risolasi nafaqat tilshunoslik va adabiyotshunoslik uchun, balki zamonaviy o‘zbek jamiyatida milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy uyg‘onish va yosh jurnalistlar til madaniyatini yuksaltirish nuqtayi nazaridan ham muhim ma’naviy-ma’rifiy manba sifatida baholanadi.
Сведения · Details
- DOI 10.62499/ijmcc.vi.239
- Журнал · Journal INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF MEDIA AND COMMUNICATIONS IN CENTRAL ASIA
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0