Central Asian Research Index

Международный Журнал Теоретических и Прикладных Вопросов Цифровых Технологий, 2024, т. 7, № 2, с. 84-90

Sanoat mintaqalarining ekologiyaga ta’siri – iqlim omillarining statistik tahlili asosida

Nadira Tashtemirova, Nodira Eshboyeva

Аннотация · Abstract

Maqolada sanoat mintaqalari havo havzasining ekologik holatini monitoring va bashorat qilish masalalari ko‘rib chiqilgan bo‘lib, tadqiqot obyektlarining adekvat matematik modellarini takomillashtirish uchun asosiy parametrlar va ularning o‘zgarish oraliqlari aniqlangan. Tadqiqot ishida atmosfera chegara qatlamida zararli moddalarning tarqalish jarayonida muhim hisoblangan parametrlar shamolning vertikal va gorizontal ravishdagi tezligi, yer sirtining notekisligi, hududning orografiyasi, shamol yo‘nalishi o‘zgarishi, havoning nisbiy namligi va ob-havo omillariga bog‘liq bo‘lgan turbulentlik koeffitsiyentlari inobatga olingan hamda olingan natijalar asosida xulosalar keltirilgan.

Сведения · Details