Central AsianResearch Index

Bo'sag'aviy funksiyalarni qurishga asoslangan ekstensional tipdagi tanib olish operatorlari

Maqolada belgilar fazosining oʻlchami katta ekanligini hisobga olgan holda tanib olish operatorlari modelini qurish masalasi koʻrib chiqilgan. Ushbu masalani yechish uchun lokal qarorlarni qabul qilishga asoslangan original yondashuv taklif qilingan. Taklif etilgan yondashuv asosida lokal boʻsagʻaviy funksiyalarni qurishga asoslangan ekstensional turdagi tanib olish operatorlarining modeli ishlab chiqilgan. Taklif etilayotgan tanib olish operatorlarining parametrik koʻrinishi keltirilgan. Ishlab chiqilgan algoritmlardan foydalanib hal qilinadigan amaliy masalalar koʻlamini kengaytirish va katta oʻlchamli fazoda berilgan obyektlarni tanib olish aniqligini oshirish imkonini beradi.

Сведения

Опубликовано
2024 · Т. 7, № 1, С. 94-101
Язык
Узбекский
ISSN
2181-3086 · 2181-3094
Издатель
Samarkand branch of Tashkent University of Information Technologies