Central AsianResearch Index

Transport vositalari sug‘urtasida raqamli texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi

Mazkur maqolada transport vositalari sug‘urtasi sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishningsamaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda sug‘urta xizmatlarini raqamlashtirish jarayonlari,xususan, elektron sug‘urta polislarini joriy etish, onlayn platformalar, mobil ilovalar, telematika vaInsurTech yechimlarining sug‘urta bozoriga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalarningsug‘urta xizmatlari sifati, xarajatlarni qisqartirish, sug‘urta risklarini baholash aniqligi va mijozlar bilano‘zaro munosabatlarni yaxshilashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida O‘zbekistondatransport vositalari sug‘urtasi tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash holati baholanib, mavjudmuammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari aniqlangan. Tadqiqot natijalari sug‘urta kompaniyalarifaoliyatini takomillashtirish, raqamli sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish hamda transport sug‘urtasibozorining barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlabchiqishga xizmat qiladi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 3, № 1, С. 9-12
Язык
Узбекский
ISSN
2181-2438 · 3060-5164
Издатель
Tashkent State Transport University