Davlat ichki va tashqi qarzlarining ijobiy va salbiy jihatlari
Mazkur maqolada davlat ichki va tashqi qarzlarining iqtisodiy mohiyati, ularning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri hamda ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilingan. Davlat qarzlarining shakllanish sabablari, ularning budjet siyosatidagi o‘rni va iqtisodiy rivojlanishga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, davlat qarzining YIMga nisbati, qarz yukini baholash usullari hamda moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillar ko‘rib chiqilgan. Maqolada davlat qarzlarini samarali boshqarish, ulardan oqilona foydalanish va iqtisodiy xavflarni kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot jarayonida statistik ma’lumotlar, grafik ko‘rsatkichlar va matematik hisob-kitoblardan foydalanilgan.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 3, № 1, С. 230-232
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 2181-2438 · 3060-5164
- Издатель
- Tashkent State Transport University