Central AsianResearch Index

Ko‘prik va estakada tayanchlarining zamonaviy konstruktiv yechimlari hamda temir-beton va kompozit materiallar qo‘llanilishi

Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy shahar infratuzilmasining ajralmas bo‘lagi bo‘lgan metropoliten estakadalari va yo‘l o‘tkazgich tayanchlarining konstruktiv yechimlari texnik, iqtisodiy hamda seysmik mezonlar nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida beton sinfi va armatura turining o‘zaro ta’siri, kompozit materiallarning afzalliklari hamda ularni temir-beton konstruksiyalarida qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.LIRA–SAPR dasturida olib borilgan fazoviy hisoblar natijasida turli shakldagi tayanchlarda (doiraviy, to‘rtburchak, Y- va V-shaklli) stress, deformatsiya hamda tebranish parametrlari aniqlangan. Shuningdek, SHNQ, AASHTO LRFD va Eurocode 2/8 standartlari o‘rtasidagi moslik tahlili bajarilgan. Kompozit armaturali (ABK800) konstruksiyalar o‘z og‘irligini 8–12 % ga kamaytirib, seysmik bardoshlilikni 20–25 % ga oshirishi isbotlangan. Tadqiqot natijalari zamonaviy temir-beton tayanchlarning xizmat muddati, iqtisodiy samaradorligi va texnik ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 2, № 4, С. 9-12
Язык
Узбекский
ISSN
2181-2438 · 3060-5164
Издатель
Tashkent State Transport University