Central AsianResearch Index

Elektr ta’minoti tizimining rezonans rejimini tarmoq kuchlanishi sifat darajasiga ta’sirini baholash

Mazkur maqolada elektr ta’minoti tizimlarida rezonans rejimining kuchlanish sifatiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotda, ayniqsa, nochiziqli yuklamalar va kondensator qurilmalari mavjud holatda tarmoq kuchlanishining buzilish darajalari, kuchlanish to‘lqin shaklining o‘zgarishi va yuqori chastotali garmonik komponentlarning paydo bo‘lishi tahlil qilingan. Osillogramma va spektral tahlillar asosida rezonans va inter-rezonans holatlarning kuchlanish tozaligiga salbiy ta’siri ko‘rsatilgan. Modellashtirish natijalari THDU (umumiy garmonik buzilishlar koeffitsienti) orqali ifodalangan bo‘lib, yuklama parametrlari va kondensatorlarning mavjudligiga bog‘liq holda qanday o‘zgarishi aniqlangan. Tadqiqot elektr energiyasi sifatini yaxshilashda kondensatorlar va filtrlash qurilmalarining ehtiyotkorlik bilan tanlanishi zarurligini asoslaydi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 2, № 4, С. 58-61
Язык
Узбекский
ISSN
2181-2438 · 3060-5164
Издатель
Tashkent State Transport University