Central AsianResearch Index

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining temir yo‘l avtomatika va telemexanika qurilmalariga ortiqcha kuchlanishlarning ta’siri

Ushbu ishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati (“O‘TY” AJ) temir yo‘l avtomatika vatelemexanika qurilmalarining 2020-2024 yillar davomidagi atmosfera va kommutatsion ortiqchakuchlanishlar ta’siridan kelib chiqqan nosozliklari tahlili bayon etilgan. Aniqlanishicha, temir yo‘lavtomatika va telemexanika qurilmalaridagi nosozliklarning eng katta qismi momaqaldiroq davrigato‘g‘ri keladi. Temir yo‘l avtomatika va telemexanika qurilmalarining umumiy nosozliklarida apparatnosozliklari 22% ni tashkil etadi. “O‘TY” AJ signallashtirish va aloqa masofalari (ShCh) bo‘yichasignallashtirish, markazlashtirish va blokirovka (SMB) qurilmalaridagi nosozliklar bir tekistaqsimlanmagan. Eng ko‘p nosozliklar cho‘l, dasht hududlarida va yirik daryolar oqimi bo‘yichajoylashgan hududlarga to‘g‘ri keladi. Atmosfera ortiqcha kuchlanishlari ta’siridan kelib chiqqannosozliklar bo‘yicha Pareto diagrammasining A guruhiga kiradigan (barcha nosozliklarning 70%) temiryo‘l avtomatika va telemexanika tizimlari – elektr markazlashtirish (EM) va sonli-kodli avtoblokirovka(rus.: “ЧКАБ”) tizimi hisoblanadi. Shuningdek, nosozliklar ulushining katta qismi ekspluatatsiyadaqo‘llanilayotgan impulsli ortiqcha kuchlanishlardan himoyalovchi qurilmalar ulushiga to‘g‘ri kelishianiqlandi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 2, № 4, С. 223-231
Язык
Узбекский
ISSN
2181-2438 · 3060-5164
Издатель
Tashkent State Transport University