Yangi turdagi kardan vallarining tribotexnik detallari konstruktsiyalari uchun metallopolimer materiallar
Ushbu maqola ilmiy yechimlarni tahlil qilish orqali quyidagi texnik va foydalanish masalalarini halqilishga bag‘ishlangan. Sezilarli darajada disbalans mavjud bo‘lganida kardanli uzatmaning ba’zitugunlarining ishdan chiqishi birikadigan agregatlarning (masalan, yetakchi ko‘priklar va uzatmakorobkalarining reduktorlari) buzilishiga sabab bo‘ladi. Metall hajmining ko‘pligi, vibrofaollik,ishonchlilik darajasining pastligi, kardanli valning shlitsali birikmasida yuzaga keladigan katta o‘qkuchlari ko‘pchilik kardanli uzatma konstruksiyasining jiddiy kamchiligi hisoblanadi, shuning uchunham kardanli vallar konstruksiyasini takomillashtirish, ularning ishonchlilik darajasini oshirishmasalalari dolzarb bo‘lib, zudlik bilan hal qilinishini talab etadi. Bu masalalarni hal etishdamaterialshunoslik va texnologik jihatlarining roli katta bo‘lib, uzatmani loyihalash bosqichida ularnihisobga olish optimal ekspulatatsion resursga erishilishini ta’minlaydi.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 2, № 2, С. 81-87
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 2181-2438 · 3060-5164
- Издатель
- Tashkent State Transport University