Central AsianResearch Index

Yuk tashish jarayonining samaradorligini oshirishga ish vaqtining taʻsiri

Mazkur maqolada yuk tashish jarayonining samaradorligini oshirishda ish vaqti boʻyicha cheklovlarningahamiyati oʻrganildi. Uchta yuk junatuvchidan uchta yuk tashuvchi avtomobil va ularning yuk qabulqiluvchi punktlariga boʻlgan masofalari misol sifatida keltirildi. Har bir avtomobilning yuk koʻtarishqobiliyati va harakat tezligi hisobga olinib, yukni tashish uchun sarflanadigan vaqtlar hisoblandi.Natijalar shuni koʻrsatdiki, avtomobillar orasida yuklarni samarali taqsimlash uchun ish vaqticheklovlarini inobatga olish zarur. Ushbu tahlil, yuk tashish jarayonini optimallashtirishda ish vaqtiningmuhimligini va transport sohasida samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Ish natijalari, yuk tashishrejalashtirish jarayonida vaqtni va resurslarni samarali boshqarish uchun amaliy tavsiyalar berilgan.Yuk tashish jarayonining samaradorligini oshirishda ish vaqtining taʼsiri katta ahamiyatga ega. Maqoladatransport va logistika sohalarida juda dolzarb boʻlib, ayniqsa, yuklarni tez va samarali yetkazib berishtalablarining kundan-kunga ortishi bilan yanada ahamiyat kasb etmoqda. Ish vaqtining optimal tashkiletilishi yuk tashish jarayonining tezligini, xavfsizligini va iqtisodiy samaradorligini oshiradi. Ushbumaqolada yuk tashish jarayonining samaradorligini oshirish uchun ish vaqtining taʼsiri, vaqtni boshqarishusullarini joriy etishning ahamiyati tahlil qilinadi. Ish vaqti boshqaruvining samarali tizimi yordamidaishchi kuchi va transport vositalaridan foydalanish samaradorligi oshib, xarajatlar kamayadi va xizmatkoʻrsatish sifatini yaxshilashga erishiladi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 2, № 2, С. 229-232
Язык
Узбекский
ISSN
2181-2438 · 3060-5164
Издатель
Tashkent State Transport University